Ushbu loyiha yangi boshlanuvchilarning birinchi hissasini(Contribution) qo'shish usullarini soddalashtirish va yo'naltirishga qaratilgan. Agar siz birinchi hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, quyidagi amallarni bajaring.
Agar buyruq satri sizga mos bo'lmasa, Bu erda GUI vositalaridan foydalanib amalga oshirishga oid darsliklari mavjud
Agar kompyuteringizda git mavjud bo'lmasa, buni o'rnating.
Bu repositoryni ushbu sahifaning yuqorisidagi fork tugmasini bosish orqali fork qilib oling. Bu hisobingizda ushbu repositoryning nusxasini yaratadi.
Endi fork qilingan repositoryni kompyuteringizga klon qiling. GitHub akkountingizga kirib, fork qilingan repositoryni oching, code tugmasi ustiga bosing va keyin copy to clipboard belgisi (icon) ustiga bosing.
Terminalni oching va quyidagi git buyruqlarini yurg'izing:
git clone "siz hozirgina ko'chirib olgan url"bu yerda "siz hozirgina ko'chirib olgan url" (qo'shtirnoqlarsiz) ushbu repositoryning (siz fork qilingan proyekt) 'URL'idir. URLni olish uchun oldingi bosqichlarni ko'ring.
Misol uchun:
git clone https://github.com/bu-siz/first-contributions.gitbu yerdagi bu-siz sizning Github hisobingiz nomi (username). Bu yerda Githubdagi first-contributions repositorysining kontentlarini kompyuteringizga
ko'chiryapsiz.
Kompyuteringizda repository papkasiga kiring (agar u yerda bo'lmasangiz)
cd first-contributionsEndi git switch buyrug'i orqali branch yarating:
git switch -c yangi-branch-nomingizMisol uchun:
git switch -c new_branch # yangi branch Endi matn muharririda Contributors.md faylini oching, unga ismingizni qo'shing. Uni faylning boshiga yoki oxiriga qo'shmang. Uni istalgan o'rta qismga qo'shing. Endi faylni saqlang.
Agar proyekt papkasiga o'tsangiz va git status buyrug'ini ishga tushirsangiz, o'zgarishlar borligini ko'rasiz.
git add buyrug'i yordamida hosil qilgan branchingizga o'zgarishlarni qo'shing:
git add Contributors.mdEndi git commit buyrug'i yordamida bu o'zgarishlarni commit qiling:
git commit -m "Contributors ro'yxatiga ismingiz-ni kiritish"ismingiz- ni o'rniga o'zingizni ismingizni yozing.
git push buyrug'i bilan o'zgartishlaringizni push qiling:
git push origin -u new_branch # siz yaratgan yangi branchPush qilish vaqtida biror xatolarni ko'rsangiz, bu yerni bosing
remote: Support for password authentication was removed on August 13, 2021. Please use a personal access token instead. remote: Please see https://github.blog/2020-12-15-token-authentication-requirements-for-git-operations/ for more information. fatal: Authentication failed for 'https://github.com//first-contributions.git/'
Akkountingizga SSH kalit yaratish va konfiguratsiya qilish uchun GitHub qo'llanma ga o'ting.
Agar Githubdagi repositoryingizga o'tsangiz, Compare & pull request tugmasini ko'rasiz. Shu tugma ustiga bosing!.
Endi Pull Requestni submit qiling.
Tez orada men sizning barcha o'zgarishlaringizni ushbu proyektning main branchiga birlashtiraman. O'zgarishlar birlashtirilgandan so'ng sizga elektron pochta xabarnomasi keladi.
Tabriklayman! Siz hozirgina contributor sifatida tez-tez uchraydigan standard ish ketma-ketligi ya'ni fork -> clone -> edit -> pull request ni tamonladingiz.
Hissangizni nishonlang va web appga o'tish orqali do'stlaringizga va ergashuvchilaringizga ulashing.
Agar koʻproq mashq qilishni istasangiz, kod hissalarini tekshiring.
Endi boshqa proyektlarga hissa qo‘shishni boshlaylik. Siz boshlashingiz mumkin bo'lgan oson masalalar bilan proyektlar ro'yxatini tuzdik. Ko'zdan kechiring web appdagi proyektlar ro'yxati.
| GitHub Desktop | Visual Studio 2017 | GitKraken | Visual Studio Code | Atlassian Sourcetree | IntelliJ IDEA |





